AQSh Geologiya xizmati va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) maktablar uchun suv aylanishining sxemasini ishlab chiqdi.
Shahriyor Toshevning tarjimasi Geologiya fanlari universiteti magistranti
An official website of the United States government
Here's how you know
Official websites use .gov
A .gov website belongs to an official government organization in the United States.
Secure .gov websites use HTTPS
A lock () or https:// means you’ve safely connected to the .gov website. Share sensitive information only on official, secure websites.
Suv Yerda doimo harakatda bo‘ladi. Suvning tabiiy aylanma harakati Yerning yuqori qismida, yuzasida hamda ostida suvning uzluksiz harakatini tavsiflaydi. Ushbu aylanma harakat gidrologik sikl atamasi bilan ham nomlanadi. Suvning holati doimo suyuq holatdan bug‘ holatga va muz holatlariga o‘zgarib turadi. Bu jarayonlar shiddat bilan va million yillar davomida sodir bo‘ladi.
Yerda suv qayerdan paydo bo‘ladi? Ibtidoiy Yer magmadan tarkib topgan qaynoq shar ko‘rinishida bo‘lgan. Ammo, barcha magmalar tarkibida suv mavjud bo‘ladi. Magmadan ajralib chiqqan suv Yerning atmosferasini sovitishni boshlagan. U Yer yuzasida suyuq holatda bo‘lmagan. Vulqonli faollik hozirgacha saqlanib qolgan. Uning natijasida atmosferaga suv ajralib chiqib, yer usti va yer osti suvlarining hajmini oshirishda davom etmoqda.
Suvning aylanma harakati boshlang‘ich nuqtaga ega emas. Lekin biz, o‘rganish uchun boshlang‘ich nuqta deb, Yerdagi eng ko‘p suv miqdori – okeanlarni olamiz. Suvning aylanma harakatini boshqaruvchi Quyosh okeanlardagi suvni isitadi. Suvning maʼlum bir qismi bug‘lanib, havoda bug‘ holatiga o‘tadi. Muz va qor to‘g‘ridan-to‘g‘ri sublimatsiya jarayoniga uchrab, suv bug‘iga aylanishi mumkin. Havo oqimlarining ko‘tarilishi evapotranspiratsiya suvi, yaʼni o‘simliklardan ajralib chiqadigan va tuproqdan bug‘lanib ketgan suvlar bilan birga atmosferaga bug‘ni ko‘taradi. Bug‘ havoga ko‘tarilib, past harorat uni kondensatsiya jarayoniga uchratadi va bulut ko‘rinishiga olib keladi.
Havo oqimlari bulutlarni Yer shari bo‘ylab harakatlantiradi, bulut zarralari to‘qnashishadi, ular ko‘payadi va atmosfera yog‘inlari ko‘rinishida osmondan yog‘adi. Ba’zi atmosfera yog‘inlari qor ko‘rinishida yog‘adi va minglab yillar davomida muzlagan, suv to‘plash mumkin bo‘lgan muzlik qoplamalari hamda doimiy muzliklar ko‘rinishida to‘planishi mumkin. Qor qoplamalari ko‘p hollarda iliq iqlim va bahor faslining kelishi bilan eriydi hamda quruqlik orqali erigan qorlar ko‘rinishida oqadi.
Atmosfera yog‘inlarining katta qismi okeanlarga yoki quruqlikka qayta tushadi. Tortishish kuchi taʼsirida atmosfera yog‘inlari yer usti suvlari oqimi ko‘rinishida oqadi. Oqimning bir qismi vodiylardagi daryolarga qo‘shiladi va okeanga qarab yo‘naltiradi. Suv oqimi va yer osti suvlarining shimilishi yig‘ilib, chuchuk suv ko‘rinishida ko‘llarda to‘planadi. Barcha suv oqimi daryolarga quyilavermaydi. Uning katta qismi yerga siziladi. Baʼzi suvlar yer ostiga chuqur sizilib, uzoq vaqt davomida juda ko‘p miqdordagi chuchuk suv to‘planadigan suvli qatlamlarni (suvga to‘yingan tog‘ jinslari) to‘ldiradi.
Sizilgan suvlarning bir qismi yer yuzasiga yaqin joylarda qolib ketadi va yer osti suvlarining oqimi ko‘rinishida suv havzalariga (okeanga) qayta qo‘shiladi. Yer osti suvlarining qolgan bir qismi esa yer yuzasiga yo‘l topib, chuchuk suv buloqlari ko‘rinishida yer yuzasiga chiqadi. Vaqt o‘tishi bilan barcha bu suvlar harakatlanishda davom etadi. Ularning bir qismi suvning aylanma harakatining “so‘nggi nuqta”siga, yaʼni “boshlang‘ich nuqta”siga yana qayta okeanga quyiladi.
Suv Yerning qayerida mavjudligini bilish uchun quyidagi diagrammaga eʼtibor bering. Hozirgi vaqtda siz, suvning aylanma harakati Yerda suvlarning harakatini tavsiflashini bilasiz, shuning uchun quyida keltirilgan diagramma va jadval Yerda suvning maʼlum bir vaqtda mavjudligini ifodalaydi. Agar siz ming yoki million yil ortga nazar tashlasangiz, shubhasiz bu raqamlar boshqacha bo‘ladi!
Ahamiyat bering, dunyodagi umumiy suv hajmining taxminan 332,5 million kub milning 96 foizidan ko‘prog‘i bu sho‘r suvdir. Umumiy chuchuk suv hajmining 68 foizdan ko‘prog‘i muz va doimiy muzliklarda jamlangan. Chuchuk suvning qolgan 30 foizi yer ostida joylashgan. Daryolar va ko‘llar kabi chuchuk yer usti suv manbalari atigi 22300 kub milni (93100 kub kilometr) tashkil etadi, bu umumiy suv hajmining 1/150 qismidir. Shunga qaramay, daryolar va ko‘llar odamlar har kuni foydalanadigan suv manbasining katta qismidir.
Dunyoda suv taqsimotining baholanishi
(Foizlar yaxlitlangan, shuning uchun 100 ga qo‘shilmaydi)
Suv manbasi | Suvning hajmi, mil kublarda | Suvning hajmi, kilometr kublarda | Chuchuk suv, foizlarda | Umumiy suv, foizlarda |
---|---|---|---|---|
Okeanlar, dengizlar va ko‘rfazlar | 321,000,000 | 1,338,000,000 | -- | 96.54 |
Muzlik qoplamalari, muzliklar va doimiy muzliklar | 5,773,000 | 24,064,000 | 68.7 | 1.74 |
Yer osti suvlari | 5,614,000 | 23,400,000 | -- | 1.69 |
Chuchuk | 2,526,000 | 10,530,000 | 30.1 | 0.76 |
Sho‘r | 3,088,000 | 12,870,000 | -- | 0.93 |
Tuproqdagi namlik | 3,959 | 16,500 | 0.05 | 0.001 |
Doimiy muzlagan yerlar | 71,970 | 300,000 | 0.86 | 0.022 |
Ko‘llar | 42,320 | 176,400 | -- | 0.013 |
Chuchuk | 21,830 | 91,000 | 0.26 | 0.007 |
Sho‘r | 20,490 | 85,400 | -- | 0.006 |
Atmosfera | 3,095 | 12,900 | 0.04 | 0.001 |
Botqoqliklar | 2,752 | 11,470 | 0.03 | 0.0008 |
Daryolar | 509 | 2,120 | 0.006 | 0.0002 |
Tirik jonzotlar | 269 | 1,120 | 0.003 | 0.0001 |
Manba: Igor Shiklomanovning "Jahon chuchuk suv resurslari" bobida Piter X. Glik (muharriri), 1993, Inqirozdagi suv: Dunyo toza suv resurslariga ko'rsatma (Oksford University Press, Nyu-York).
Quyida suv aylanishi bilan bog'liq multimedia elementlari keltirilgan.
AQSh Geologiya xizmati va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) maktablar uchun suv aylanishining sxemasini ishlab chiqdi.
Shahriyor Toshevning tarjimasi Geologiya fanlari universiteti magistranti
AQSh Geologiya xizmati va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) maktablar uchun suv aylanishining sxemasini ishlab chiqdi.
Shahriyor Toshevning tarjimasi Geologiya fanlari universiteti magistranti
AQSh Geologiya xizmati va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) maktablar uchun suv aylanishining sxemasini ishlab chiqdi.
AQSh Geologiya xizmati va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) maktablar uchun suv aylanishining sxemasini ishlab chiqdi.
Suv Yerda doimo harakatda bo‘ladi. Suvning tabiiy aylanma harakati Yerning yuqori qismida, yuzasida hamda ostida suvning uzluksiz harakatini tavsiflaydi. Ushbu aylanma harakat gidrologik sikl atamasi bilan ham nomlanadi. Suvning holati doimo suyuq holatdan bug‘ holatga va muz holatlariga o‘zgarib turadi.